Gripp virusining A, V va S turlari mavjud. Kasallik manbai fakat bemor odam hisoblanadi. Kasallik atrofdagi sog‘lom odamlargaasosanhavo-tomchi yo‘li bilanbemoraksirganda, yo‘talganda, gaplashgandatez yuqadi. Havoda saqlanib turgan gripp virusi sog‘lom odamga tezda yuqadi. Kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lgunga qadar bir necha soatdan 3 kungacha vaqt o‘tadi. Kasallik to‘satdan, o‘tkir boshlanadi.Gripp kasalligiga barcha yoshdagilar moyil, ayniqsa zaif (nimjon, ya’ni immun xolati past) bolalar, keksa yoshdagi kishilar, xomilador ayollar hamda surunkali xastaliklari bo‘lganlarda ya’ni immuniteti past kishilarda tez rivojlanadi va og‘ir kechadi.Gripp nafas yo‘llarini yallig‘lanishi bilan boshlanib, keyinchanlik bemorda tana xarorati 38-40 darajagako‘tarilishi, bosh va tomoq og‘rishi, burun bitishi, burundan suyuklik ajralishi, yo‘tal, mushaklarda og‘riq, holsizlik, ishtahani buzilishi ba’zi hollarda qusish xolatlari kuzatiladi. Kasallik bemorlarda yengil, o‘rta va og‘ir shakllarda kechadi. Kasallikning eng xafli asoratlari o‘pka to‘qimalarini yallig‘lanishi pnevmoniya (zotiljam), meningit (miya pardasining yallig‘lanishi), meningoensefalit (miya pardasini va moddasining yallig‘lanishi), otit (o‘rta quloqning yallig‘lanishi, sinusit (burun yondosh bo‘shliklarning yallig‘lanishi), nefrit, pielonefrit (buyrakning yallig‘lanishi). Shuning uchun ham, xalq orasida grippning o‘zi emas, balki uning asoratlari yomon degan fikr bejiz aytilmagan. Ba’zida, ya’ni grippning yengil shakllari bilan og‘rigan bemorlar atrofdagilar uchun ko‘proq xavf tug‘diradi, chunki bunday bemorlar aksariyat hollarda uyida davolanmasdan, kasalligiga yetarli darajada e’tibor bermay, oyokda o‘tkazadilar. Ularni kasal holatida jamoat joylarda, barcha trasportlarda, o‘qish va ish joylarda uchratish mumkin.
Grippni oldini olishda quyidagilarni tavsiya etamiz : - grippga qarshi emlanish
mavsumga xos kiyinish
o‘z vaqtida ovkatlanish va dam olish
xonalarni
vaqti-vaqti bilan shamollatib turish va kunda namli tazolov ishlarini o‘tkazish.
ishlab chiqarish korxonalari, davolash profilaktika va o‘quv muassasalari, bolalar va qariyalar uylari, tashkilot va idoralarda hamda turar joy binolarida issiqlik rejimiga rioya qilish barcha xonalarning issiqlik harorati 22 darajadan past bo‘lmasligi
kasallikni erta aniklash maksadida maktabgacha muassasalar, maktablarda kirish joylarida ertalabgi filtrni tashkil etishni va ertalabki filtrlar o‘tkazilishiga e’tibor qaratilishini,
gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga xos bo‘lgan simptomlar aniqlangan shaxslarni jamoaga qo‘ymaslikni;
gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga gumon kilingan bolalarni izolyatorga joylashtirish xamda ota-onasiga va xududiy poliklinikaga xabar berishni;
ertalabgi filtr ishini amalga oshiradigan gripp va o‘tkir respirator kasalliklarga gumon kilinib izolyatorga yotkizilgan bemorlarni parvarish kiladigan xodimlarni respirator (nikoblar) bilan ta’minlanishini;
o‘kuv-tarbiya muassasalarida tanaffus paytida shamollatish rejimini tashkil kilishni;
maktabgacha tarbiya muassasalarida xar kuni bolalarni kamida 2 marotaba toza xavoga sayrga chikarishni;
barcha o‘kuv-tarbiya muassasalarida sanitariya-targ‘ibot ishlarini olib borishni
uyushgan jamoalarda konsert zallari kinoteatr, o‘quv va ish joylarda kuniga vaqti bilan 3-4 marotaba shamollatib turish, xonalarda dezinfeksiya moddalarini qo‘llangan holda namli tozalov ishlarini olib borishdir
O‘zingiz va atrofdagilar sog‘lom bo‘lishini xoxlasangiz, gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga gumon qilinsa, darhol shifokorga murojat qiling va doimo quyidagilarga amal qiling:
gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) bilan og‘rigan barcha bemorlar isitma davrida albatta yotishi va shifokorni uyiga chaqirishni
Kasallikni oyokda o‘tkazmaslikni
Shifokor maslahatlari va tavsiyalari asosida ish tutishni
Agar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, o‘rin-ko‘rpa ajratilib, kam harakat qilishni
Bemorga qarayotganlar burun va og‘izlarini respirator yoki dokali niqob bilan to‘sishlari va qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvib turishlarini
Bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tazalov ishlarini amalga oshirishni
Bemorlar ko‘proq suyuqlik — quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini ichirish hamda oson hazm bo‘ladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qilinishi tavsiya etiladi
kasallangan davrda jamoat joylariga (ishxonaga, o‘qishga, kinoteatlarga, konsert zallariga, yig‘ilishlarga, mehmonga) bormaslikni
yo‘talganda va aksirganda og‘iz-burninni ro‘molcha bilan yopishni
o‘zboshimchalik bilan davolanish kasallikning og‘ir asoratlarga olib kelishini unutmaslikni!
Kasallikni oldini olishda tanani chiniqtirish, badantarbiya bilan muntazam shug‘ullanish, ochiq havoda yurish, o‘z vaqtida ovkatlanish alohida ahamiyatga ega. Ko‘prok sovuq kunlarda issiq kiyinish, albatta bosh kiyim kiyish, oyoqlarni issiq bo‘lishi muhimdir. Kasallik avj olgan paytda (dekabr, yanvar, fevral) oylarida nafaqat epidemik jihatdan muxim bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar ishchi-xizmatchilariga balki barcha fuqoralarimizga niqob taqish tavsiya etiladi.