
Navoiy viloyat
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi 1982 yilda sanitariya–epidemiologiya
stansiyasi shakli bilan tashkil etilgan. 2000 yil 1 yanvardan Navoiy viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya
nazorat markazi (DSENM)ga aylantirilgan. 2012 yilda viloyat DSENMning yangi binosi
qurilib ishga tushirildi. Binoda sanitariya-gigiena, bakteriologiya, parazitologiya,
o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar, virusologiya va radiologiya laboratoriyalari joylashtirilgan
bo‘lib, zamonaviy tibbiy apparaturalar, asbob-uskunalar va kerakli jihozlar bilan
ta’minlangan. Viloyat DSENMning tarkibiy tizimidagi xodimlarning shtat birliklari
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 1997 yil 10 noyabrdagi
moliya vazirligi bilan kelishilgan me’yoriy texnik hujjat asosida tuzilgan.