DSENM nizomi
- 3 905
Viloyat DSENM oldiga quyilgan burchlariga asosan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Navoiy viloyat DSENM shahar va tuman DSENMlari faoliyati ustidan tashkiliy-uslubiy markaz hisoblanadi. Davlat sanitariya nazorati olib borishda yuzaga kelgan ayrim muammo va kelishmovchiliklarini arbitraj yo‘li bilan yuridik qonun va hujjatlarga tayanib hal qiladi.
Idoralar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar qaysi idoraga bo‘ysunishdan qat’iy nazar va alohida shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari va gigienik me’yorlarga rioya etishlari ustidan ogohlantirunchi va joriy davlat sanitariya nazorati olib boradi.
Sanitariya-gigienik, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarini o‘tkazilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini olib boradi.
Toksiko-gigienik ekspertizalarni sanitariya, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya, radiologiya laboratoriyalari va tajriba tekshirishlari yordamida o‘tkazadi.
Viloyat epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasiga, viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi hayat yig‘ilishiga va sanitariya – epidemiologiya kengashlariga muhokama qilish uchun ma’lumotlarini tayyorlaydi va qabul qilingan qarorlarni bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini olib borish jarayonida yangi usul, ish tajribalarini (jumladan, chet Davlatlar ish tajribalarini) umumlashtiradi va amalga tadbiq etadi.
Aholini sanitariya-epidemiologik barqarorligini ta’minlashda DSENM labortoriyalarida metrologiya va standartizatsiya talablariga rioya qilishi ustidan nazorat olib borish uslublari va shakllarini takomillashtirib boradi. Laboratoriya kompleksini attestatsiyadan o‘tkazadi va akkreditatsiyaga tayyorlaydi.
Viloyat hududiga olib kelinayotgan va olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni tekshirib, gigienik xulosa beradi.
Sanitariya-epidemiologiya muassasalarini moddiy-texnika ta’minoti darajasini mustahkamlash yuzasidan ish olib boradi, hamda amaliy yordam beradi.
Dermografik ko‘rsatkichlar, o‘ta muhim ommaviy, yuqumli, parazitar va kasb kasalliklari ko‘rsatkichlari, ovqatdan zaharlanish holatlari, viloyatning sanitariya – epidemiologik holati, hamda radiatsiya vaziyati bo‘yicha monitoring asosida ish tashkil etadi, aholi salomatligi holatini va tashqi muhitning xavfli antropogen ta’sirlarini baholaydi, sog‘liqni saqlash vazirligi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshkarmasini, Respublika DSENMni, viloyat hokimligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasini viloyatdagi vaziyatlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.
Xalq xo‘jaligi ob’ektlarida aholi salomatligiga xavf soluvchi noqulay texnogen omillarni oldini olish, bartaraf etish (kamaytirish)ga qaratilgan sanitariya-profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning o‘tkazilishini nazorat qiladi.
Tabiiy ofat va avariyalar sodir bo‘lganda ishlab chiqarish korxonalarida, temir yul, havo, avtomobil transportlari va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida aholi salomatligining muhofazasi bo‘yicha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil qiladi va o‘tkazilishida ishtirok etadi.
Sanitariya-profilaktika muassasalari xodimlarining ish joylarida, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida hamda ilmiy markazlarda uzluksiz malaka oshirishini hamda ixtisoslik olishini ta’minlaydi.
Viloyatdagi DSENMlarni va boshqa tibbiyot muasasalarini zarur bo‘lgan jihozlar, labortoriya apparatlari, idishlari, asbob-uskunalari, hamda vaksinalar, bakteriologik va virusologik preparatlar, diagnostikumlar, ozuqa muhitlari bilan ta’minlanishini muvofiklashtirib turadi.
Viloyat bo‘yicha virusologik va bakteriologik preparatlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi va budjet hisobiga olish uchun buyurtma tuzilishini ta’minlaydi.
Tabiiy ofatlar, avariyalar va h.k. natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush epidemiologik holatlarni oldini olish uchun diagnostikumlar, virusli va bakteriologik preparatlar, kimyoviy reaktivlarning jamg‘arilgan zahirasini bo‘lishini ta’minlaydi.
Sanitariya-epidemiologiya masalalari bo‘yicha aholidan kelayotgan xat, shikoyat, ariza va takliflarni o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganadi va bartaraf etish tadbirlarini amalga oshiradi.
Sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish, atrof-muhitni sog‘lomlashtirish, aholini gigienik saviyasini oshirish, yuqumli va umumiy kasalliklarni kamaytirishda atrof muhit omillarini inson salomatligiga ta’sirini o‘rganish, aholi orasida imunoprofilaktika ishlarini olib borish va ularning samaradorligini o‘rganish, xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish hamda iste’mol qilishda inson salomatligiga xavfsizligini ta’minlash uchun tegishli xulosalar beradi.
Quyidagi hollarda ogohlantirunchi davlat sanitariya nazorati o‘tkazadi:
a) Qurilish uchun yer maydonlari ajratishda, xalq xo‘jaligi ob’ektlarini loyihalash, qurish va ularni qayta qurib, hamda qayta jihozlash davrida amaldagi qonuniy va me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish uchun;
b) Yangi qurilgan, qayta qurilgan va qayta jixozlangan korxonalarni foydalanishga topshirishda amaldagi qonuniy va me’yoriy hujjatlarga amal qilinganligi ustidan nazorat qilish uchun;
v) Oziq-ovqat mahsulotlari xom ashyosi, kimyoviy polimer materiallardan ishlab chiqarilgan asbob-uskunalarni, uy ro‘zgor buyumlarini shaxsiy gigiena va sanitariya-texnika uskunalarini, kiyim va shunga o‘xshash aholi ehtiyoji uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati ustidan nazorat kilishda ogohlantiruvchi davlat sanitariya nazorati o‘tkazadi.